«Vest Xem» «Uotford»ni mag'lub etdi va APLda jon saqlab qoldi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 445
Angliya chempionatining 36-turi doirasidagi so'nggi uchrashuv bo'lib o'tdi. «Vest Xem» o'z uyida «Uotford»ni qabul qilib, ishonchli g'alabani qo'lga kiritdi.
"Bolg'achilar" birinchi bo'limning o'zida mehmonlar darvozasiga 3 marta yo'l topishdi. Ikkinchi bo'lim avvalida Troy Dini hisobdagi farqni bittaga qisqartirdi. Ammo "Uotford"ning boshqasiga kuchi etmadi.
Ushbu g'alabadan keyin "Vest Xem" o'z ochkolarini etkazib, Angliya premer-ligasida jon saqlab qolish vazifasini uddaladi.
APL, 36-tur
Vest Xem – Uotford 3:1 (3:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 6 Antonio, 2:0 – 10 Souchek, 3:0 – 36 Rays, 3:1 – 49 Dini.
Vest Xem – Fabianski, Djonson, Diop, Ogbonna, Kressuell, Rays, Souchek, Bouen (Yarmolenko, 81), Nobl, Fornals (Aller, 72), Antonio (Balbuena, 90).
Uotford – Foster, Femeniya, Kabasele, Douson, Mazina (Mariappa, 46), Xyuz, Dukure (Chaloba, 72), Sarr, Kleverli, Uelbek (Joao Pedro, 86), Dini (Grey, 67).
Ogohlantirishlar: Kleverli (9), Xyuz (35).