Shyurrle futbolchilik faoliyatini yakunladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 329
Germaniya milliy jamoasining sobiq yarimhimoyachisi Andre Shyurrle futbolchilik faoliyatini yakunladi.
«Hammaga ma'lum qilmoqchiman, professional futboldan ketyapman. Meni qo'llab-quvvatlagan barchaga o'zim va oilam nomidan minnatdorchilik bildiraman. Endi oldimda turgan yangi ajoyib imkoniyatlar uchun tayyor va ochiqman», – deb yozdi Shyurrle.
29 yoshli Shyurrle Germaniya milliy jamoasi bilan 2014 yilda jahon chempioni bo'lgan, Evropa chempionatlarida 2 marta uchinchi o'rinni egallagan. «Chelsi» tarkibida Angliya chempioni bo'lgan. «Borussiya Dortmund» va «Volfsburg» tarkibida Germaniya Kubogida zafar quchgan. Shuningdek, «Maynts», «Fulhem», «Bayer» va Moskvaning «Spartak» klublarida ham o'ynagan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!