«Manchester Yunayted» so'nggi 10 yillikdagi eng yaxshi ko'rsatkichni qayd etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 329
«Manchester Yunayted» klubi Angliya Premer Ligasining 36-turida «Kristal Pelas»ni mag'lubiyatga uchratdi (2:0).
Ole-Gunnar Sulsher qo'l ostidagi jamoa barcha musobaqalarda ketma-ket 19 o'yindan buyon mag'lubiyat nimaligini bilmayapti (14 g'alaba, 5 durang).
Bu esa «Manchester Yunayted» uchun 2010 yildan keyingi eng uzun mag'lubiyatsiz seriya hisoblanadi. O'shanda Aleks Fergyuson boshchiligidagi jamoa apreldan noyabr oyiga qadar ketma-ket 29 o'yinda mag'lub bo'lmagandi.
«Manchester Yunayted» keyingi o'yinni 19 iyul, yakshanba kuni o'tkazadi. Jamoa Angliya Kubogi yarim finalida «Chelsi» bilan o'ynaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!