Edin Jeko «Roma» tarixiga kirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 308
«Roma» hujumchisi Edin Jeko rimliklar klubi tarixidagi eng yaxshi legioner to'purarga aylandi.
34 yoshli futbolchi A Seriya 33-turi doirasida «Verona»ga qarshi kechgan o'yinda (2:1) gol urib, jamoasiga g'alaba keltirdi. Bu bosniyalik hujumchi uchun «Roma» safidagi 105-gol bo'ldi. Rimliklar matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, Jeko klub tarixidagi eng yaxshi legioner to'purarga aylandi. U «Roma»ning argentinalik afsonasi Pedro Manfredinini (104 gol) ortda qoldirdi.
Avvalroq bosniyalik futbolchi «Roma» tarixidagi eng yaxshi to'purarlar beshligiga kirgandi. Klubning eng yaxshi to'purari Franchesko Totti hisoblanadi — 307 ta gol.
Jeko «Roma»ga 2016 yilning yozida «Manchester Siti»dan kelgandi. Futbolchi joriy mavsum rimliklar safida 39 o'yin o'tkazib, 18 gol va o'nta golli uzatma muallifiga aylandi.