Kasilyas «Real»ga qaytmoqda!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 539
«Real» klubi sobiq darvozaboni Iker Kasilyas "Santyago Bernabeu"ga qaytmoqda. "Marca" tarqatgan xabarga ko'ra, u «qaymoqranglilar» prezidenti Florentino Peresning maslahatchisi sifatida ish boshlaydi.
Kasilyas o'tgan yilning may oyida yurak hurujini boshidan o'tkazganidan keyin «Portu» safida boshqa o'ynamadi. U 1 avgust kuni bo'lib o'tadigan «Benfika»ga qarshi Portugaliya kubogi finalidan keyin o'yinchilik faoliyatini yakunlaganini rasman e'lon qiladi.
Kasilyas — «Real» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Madridliklar safida u 725ta o'yinda maydonga tushgan. Faqatgina Raul "Qirollik klubi" safida undan ko'proq o'yinda ishtirok etgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!