AQShlik engilmas bokschi YTH oqibatida vafot etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 353
Amerikalik engilmas bokschi Trevell Mazion 15 iyul, chorshanba kuni Ostin shahrida (Texas shtati) sodir bo'lgan avtohalokat oqibatida vafot etdi. YTHda Yana ikki kishi tan jarohati olgan.
Mazion yana 9 kundan keyin 25 yoshga to'lardi.
Super yarim o'rta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga chiquvchi bokschi 2013 yilda profi boksda debyut qilgan va oxirgi jangini 2020 yilning 11 yanvarida o'tkazgandi. O'shanda Trevell Fernando Kastanedani 1-raunddayoq mag'lub etib, NABF chempionlik kamariga ega chiqqandi.
U jami 17 jang o'tkazib, ularning barchasida g'alaba qozongan va 13 jangni nokaut bilan yakunlagandi.
Manba: gosport.uzFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!