A seriya. «Inter» safarda yirik hisobda g'alaba qozonib, 2-o'ringa qaytdi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 508
Italiya chempionatining 33-turi doirasida «Inter» safarda SPAL klubi mehmoni bo'lib, yirik hisobda g'alabaga erishdi.
"Neradzurri"ning 4ta goliga mezbonlar biror marta ham javob qaytara olishmadi.
Ushbu g'alabadan keyin "Inter" o'z ochkolarini 71taga etkazib, jadvalda 2-pog'onaga ko'tarilib oldi. Endi milanliklar peshqadam "Yuventus"dan 6 ochko ortda qolishmoqda.
Italiya chempionati, 33-tur
SPAL – Inter 0:4 (0:1, 0:3)
Gollar: 0:1 – 37 Kandreva, 0:2 – 55 Biragi, 0:3 – 60 Sanches, 0:4 – 74 Galyardini.
SPAL – Letitsa, Vikari (Salamon, 82), Bonifatsi, Sala, Retsa (Chonek, 67), Valdifori, Murdja (Tunev, 82), Dabo, Espeto (D'Alessandro, 66), Petanya, Cherri (Di Franchesko, 75).
Inter – Xandanovich, Ranokkiya, Bastoni (D`Ambrozio, 63), Shkrinyar, Biragi (Yang, 63), Galyardini (Valero, 74), Kandreva (Espozito, 79), Eriksen, Brozovich, Sanches (Pirola, 79), Martines.
Ogohlantirishlar: Bastoni (32), Valdifori (46), Murdja (51), Biragi (54), Ranokkiya (62).