"Manchester Siti" Torres uchun qancha to'lashi ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 314
"Manchester Siti" "Valensiya" yarim himoyachisi Ferran Torres uchun qancha to'lashi ma'lum bo'ldi. "Ko'rshapalaklar" Torresning transferidan 50 million evro ishlab oladi. Bu haqda Eurosport.es nashri yozmoqda. Manbaning xabariga ko'ra, Ferran shaxsiy shartnoma borasida "shaharliklar" bilan kelishuvga erishgan. Futbolchining transferini shaxsan Xosep Gvardiolaning o'zi xohlamoqda. Pep Ferranni jamoani tark etgan Leroy Sanega o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Manba: www.stadion.uz.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!