«Chelsi» o'z darvozabonini transferga qo'yishga qaror qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 427
Londonning «Chelsi» klubi rahbariyati o'z darvozaboni Kepa Arrisabalag bilan xayrlashishga qaror qildi.
Kepaning ko'rsatayotgan o'yinlari jamoa bosh murabbiyi Frenk Lempardni qoniqtirmayapti. Shu sababli, «Chelsi» Arrisabalagani yoki sotib yuborish, yo bo'lmasa ijaraga berish payiga tushib qoldi.
Eslatib o'tamiz, Kepa «Stemford Bridj»ga «Atletik» (Bilbao) klubidan 2018 yilning yozida 80 million evro evaziga ko'chib o'tgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!