La liga chempionlik kubogi «Real» stadioniga olib kelindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 309
«Real» bugun, 16 iyul kuni Ispaniya chempionatining 37-turi doirasida «Vilyarreal»ni qabul qiladi. Zidan shogirdlari g'alaba qozonishsa, mavsum yakunlanishiga 1 tur qolganida Ispaniya chempioniga aylanishadi.
"AS" tarqatgan xabarga ko'ra, Ispaniya futbol federatsiyasi chempionlik kubogini madridliklarning «Valdebebas» bazasiga yubordi. Jamoa g'alaba qozonsa, uchrashuvdan keyin «Real»ga sovrin topshiriladi.
Eslatib o'tamiz, 36-turdan keyin «Madrid» 83 ochko to'plagan holda 2-o'rindagi «Barselona»ni 4 ochkoga ortda qoldirmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!