APL. "Liverpul" safarda "Arsenal"ga mag'lub bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 547
Angliya chempionatining 36-turidan o'rin olgan "Arsenal" hamda "Liverpul" jamoalari o'rtasidagi uchrashuv yakunlandi. "Emiraytes" o'yingohida kechgan bahsda maydon egalari 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
Uchrashuvning 10-daqiqasida Mane hisobni ochgan bo'lsa, 21-daqiqada Lyakazett hisobni tenglashtirdi.
Birinchi bo'limning so'nggi daqiqalarida Nelson Lyakazettning uzatmasidan so'ng, "to'pchilar"ni oldinga olib chiqdi.
Ikkinchi bo'limda jamoalar qancha harakat qilishmasin boshqa gol urilmadi.
Arsenal – Liverpul 2:1 (2:1, 0:0)
Gollar: 0:1 – 20 Mane, 1:1 – 32 Lyakazett, 2:1 – 44 Nelson.
Arsenal – Martines, David Luiz, Xolding, Tirni, Soaresh (Meytlend-Naylz, 76), Torreyra (Sebalos, 57), Djaka, Nelson (Obameyang, 58), Pepe, Lyakazett (Uillok, 58), Saka (Kolashinats, 85).
Liverpul – Alisson, Aleksander-Arnold, Robertson, van Deyk, Gomes, Fabino, Oksleyd-Chemberlen (Keyta, 61), Veynaldum (Shakiri, 83), Mane, Salax (Origi, 83), Firmino (Minamino, 61).
Ogohlantirishlar: Torreyra (46), Aleksander-Arnold (48), Djaka (81), Sebalos (90).
Manba: www.stadion.uz.