Oston O'runov to'p tepayotgan «Ufa»ning 2 vakilida koronavirus aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 126
Rossiyaning «Ufa» klubida ikkita koronavirusga chalinish holati qayd etildi. Bu haqda jamoa direktorlar kengashi vakili Rostislav Murzagulov ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, jamoada koronavirusga chalinish holati qayd etilgan bo'lsa ham «Dinamo»ga qarshi bahs bo'lib o'tadi. Murzagulovning aytishicha, jamoa mashg'ulotlari kontaktsiz tizimda olib borilgan.
«Ufa» bu borada RPL ruxsatini olgan. «Dinamo»ga qarshi o'yin 16 iyul, payshanba kuni bo'lib o'tadi.
Eslatib o'tamiz, «Ufa» klubida o'zbekistonlik yarim himoyachi Oston O'runov harakat qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!