Oston O'runovga Rossiyaning 4ta grand klubi qiziqib qoldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 438
44«Ufa» yarim himoyachisi Oston O'runovga Rossiyaning bir nechta grand jamoalari qiziqib qoldi.
Avvalroq o'zbekistonlik futbolchiga «Spartak» qiziqayotgani haqida agent Aleksandr Manyakov ma'lumot bergan edi. "Qizil-oqlar"ning yangi bosh direktori Shamil Gazizovning shaxsan o'zi ushbu transfer bilan shug'ullana boshlagan. Ushbu funktsioner bungacha "Ufa"da bosh direktor lavozimida ishlagan edi.
Shuningdek, Oston uchun kurashga «Krasnodar» ham qo'shildi. O'runov o'z vaqtida bu jamoa akademiyasida shug'ullangan. «Krasnodar» rahbariyati Odil Ahmedov paytidan buyon futbolchining yaqinlari bilan yaxshi munosabat o'rnatgan.
Bundan tashqari, Sport24 tarqatgan xabarga ko'ra, «Lokomotiv» va «Zenit» klublarida ham o'zbek futbolchisiga nisbatan qiziqish uyg'ongan.
Ma'lumotlarga qaraganda, 2020 yilning qishki transfer paytida O'runovni «Rostov»ga 200 ming evroga sotib olish uchun taklif qilishgan. Ammo u Karpin jamoasiga to'g'ri kelmagani uchun «Ufa»ga o'tib ketgan edi.
Oston O'runovning "Lokomotiv"ga qarshi o'yindagi driblinglarini tomosha qiling:
Esli Fomin uje kak-to ochevidno odin iz kandidatov na viixod, to Urunov xoroshenko tak pribavil vnimaniya k svoey persone v matche s Loko. pic.twitter.com/u6iqFrdaCi
— Em (@emil_hesky) July 13, 2020 Manba: sport24.ru