APL. «Chelsi» Jiruning goli evaziga «Norvich»ni mag'lub etdi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 369
Angliya chempionatining 36-turi doirasida «Chelsi» o'z maydonida Chempionshipga tushib ketishi allaqachon hal bo'lgan «Norvich»ni qabul qildi.
Bahsning 37-daqiqasida Pulishich 12 metrlardan yo'llagan zarba natijasida to'p to'singa tegib qaytgan bo'lsa, birinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda Olive Jiru Pulishich tomonidan etazilgan uzatmani bosh bilan raqib darvozasiga joylab qo'ydi.
Londonliklar ikkinchi bo'limda ham gol urish bir nechta imkoniyatlarga ega bo'lishdi, ammo uchrashuvda hisob boshqa o'zgarmadi.
Ushbu g'alaba evaziga "Chelsi" o'z ochkolarini 63taga etkazib oldi.
Angliya chempionati, 36-tur
Chelsi – Norvich 1:0 (1:0, 0:0)
Gol: 1:0 – 45 Jiru.
Chelsi – Arrisabalaga, Aspilikueta, Ryudiger, Zuma, Alonso (Jeyms, 80), Loftus-Chik (Barkli, 67), Jorjino, Kovachich, Villian, Jiru (Abraxam, 86), Pulishich (Xadson-Odoi, 81).
Norvich – Krul, Aarons, Godfri, Kloze, Lyuis, Tetti (Shtipermann, 79), Kentuell (Buendia, 71), Rupp (Martin, 89), Maklin, Ernandes (Pukki, 79), Drmich (Ida, 79).
Ogohlantirishlar: Kentuell (58), Zuma (60), Kovachich (62), Buendia (88).