Belerin «Arsenal»ni tark etish uchun bor kuchini ishga solmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 267
Germaniyaning Sky nashri tarqatgan ma'lumotga qaraganda, Londonning "Arsenal" klubi himoyachisi Ektor Belerin jamoani tark etishni xohlamoqda.
Ispaniyalik futbolchining agenti Myunxenning «Bavariya» klubi bilan muzokara olib borishga harakat qilmoqda. Myunxenliklar futbolchiga qiziqish bildirishgandi, ammo, germaniyaliklar ispaniyalik himoyachini batafsil o'rganib chiqqanlaridan so'ng, ushbu bitimdan voz kechishgandi.
Himoyachi o'z jamoasining hozirgi holatidan juda norozi. Belerin hech bo'lmasa EChLda ishtirok etadigan biror bir klubga o'tishni xohlamoqda.
Taxmin qilinishicha, futbolchi «Arsenal»ni tark etish uchun bor kuchini ishga soladi. Uning "Arsenal" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha amal qiladi.