Ronaldu jarimaga tortilishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 380
«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronalduning 10 yoshli o'g'li mustaqil gidrotsikl boshqarayotgani videosi internetda tarqalganidan so'ng Madeyra oroli politsiyasi ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlarini boshladi.
Ushbu videoni Ronalduning opasi Elma internetga joylab, so'ngra o'chirib tashladi. Portugaliya matbuoti tarqatgan xabarga ko'ra, ushbu video Madeyraning janubida joylashgan Paul-du-Marda shanba kuni olingan bo'lib, u erda 10 yoshli Krishtianu qarindoshlari bilan dam olgan edi.
Madeyra dengiz politsiyasi boshlig'i Gerreyru Kardosu 13 iyul kuni "Expresso"ga bergan intervyusida mazkur voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilayotganini tasdiqlagan. Politsiya suv mototsikli kimga tegishli ekanini aniqlashga harakat qilyapti.
Ushbu holat uchun Ronaldu jarima to'lashiga to'g'ri kelishi mumkin. Chunki gidrotsiklni boshqarish uchun tegishli litsenziya kerak. Litsenziya esa balog'atga etgan shaxsga beriladi.
Portugaliya qonunchiligiga ko'ra, tegishli litsenziyasiz gidrotsiklni boshqarganlik uchun jarima miqdorida 3000 evrogacha etishi mumkin.