Superliga. «Navbahor» kichik hisobda «Qizilqum»ni mag'lub etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 208
O'zbekiston chempionatining 9-turi doirasida «Navbahor» o'z maydonida «Qizilqum»ni qabul qilib, kichik hisobda g'alaba qozondi.
Ikkinchi bo'limning dastlabki daqiqalari namanganliklar uchun omadli keldi. Referi "Qizilqum" darvozasi tomon penalti belgiladi va uni Azim Ahmedov aniq amalga oshirib, hisobni ochdi.
Bahs tugashiga 5 daqiqa qolganida esa navoiylik futbolchisi Ruslan Margiev ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etdi.
Ushbu g'alabadan keyin "Navbahor" o'z ochkolarini 17taga etkazib, jadvalda 3-o'ringa ko'tarilib oldi.
Coca Cola Superliga, 9-tur
“Navbahor” – “Qizilqum” - 1:0
Gol: Azim Ahmedov (50-penalti)
Chetlatish: Ruslan Margiev (85, ikkinchi ogohlantirish)
“Navbahor”: 1. O'tkir Yusupov, 7. Azimjon Ahmedov (Pavel Golishev 82), 8.Javlon Ibrohimov, 10. Azizbek Turg'unboev, 19. Mirzohid G'ofurov (G'iyosjon Komilov 63), 22. Igor Golban, 27. Islom Rashidxonov, 28. Xurshidbek Muxtorov, 33. Tohirjon Shamsitdinov, 70.Abbosjon G'ulomov (Islombek Isoqjonov 63), 88. Ruslan Bolov (Shohruh Mahmudhojiev 73)
“Qizilqum”: 22. Artyom Makosin, 5. Abdi Bashimov, 7. Vezirgeldi Ilyasov (Vohid Shodiev 79), 8. Ruslan Margiev, 11. Qadamboy Nurmetov, 14. Fayzulla Qambarov, 21. Muhsinjon Ubaydullaev, 23. Sherali Jo'raev, 29. Makkartni Naveseb (Sunnatilla Abdullajonov 64), 75. Oleg Tolmasov, 99. Doston Ibragimov.
Hakamlar: Jasur Muxtorov, Ruslan Serazitdinov, Daler Tilloev, Doston Mirzaraimov.