«Inter» o'z futbolchisini katta miqdorda jarimaga tortdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 242
«Inter» klubi rahbariyati yarim himoyachi Marselo Brozovichni alkogol ichgan holda mashina boshqargani uchun jarimaga tortdi. Jurnalist Nikolo Skira tarqatgan xabarga ko'ra, jamoa futbolchiga 100 ming evro miqdorida jarima solgan.
Avvalroq 27 yoshli xorvatiyalik futbolchi haydovchilik guvohnomasidan mahrum etilgan edi.
Brozovichning «Inter» bilan shartnomasi 2022 yilning iyun oyiga qadar tuzilgan. Yarim himoyachi joriy mavsumda 35ta o'yinda ishtirok etib, 3ta gol urdi va 5ta golga uzatma berdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!