“Navbahor” futbolchilari tibbiy tekshiruvdan muvaffaqiyatli o'tdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 250
“Bunyodkor” futbol klubidagi holatdan kelib chiqib, Coca Cola Superliganing 9-turidan o'rin olgan “Buxoro” — “Bunyodkor” uchrashuvi noma'lum muddatga qoldirilgandi.
O'zbekiston Professional futbol ligasi futbolchilar salomatligi birinchi o'rinda ekanidan kelib chiqib, Superliganing 8-turida “Bunyodkor” mehmoni bo'lgan “Navbahor” futbolchilarini ham tekshiruvdan o'tkazish fikrini ilgari surgandi. Kecha Namangan klubi futbolchilari o'z bazalarida tibbiy tekshiruvdan o'tishdi.
Bugun — 13 iyul kuni “Navbahor” futbol klubi tibbiy xulosalar biriktirilgan rasmiy xatni O'zbekiston Professional futbol ligasiga taqdim etdi. Unga ko'ra, “Navbahor” futbolchilarida infektsiya aniqlanmagan.
Shundan kelib chiqib, klubning 9-tur doirasidan o'rin olgan “Qizilqum”ga qarshi uchrashuvi o'z vaqtida bo'lib o'tadi. O'yin 13 iyul kuni 20:00 da start oladi.
Manba: pfl.uz