Kontening iste'fosi «Inter» uchun juda qimmatga tushadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 754
«Inter», agar, bosh murabbiy Antonio Konteni iste'foga chiqaradigan bo'lsa, klub qancha miqdorda kompensatsiya to'lashi ma'lum bo'ldi.
Italiyaning "Corriere dello Sport" gazetasi tarqatgan xabarga ko'ra, mutaxassis va uning murabbiylar shtabi bilan muddatidan avval shartnomaning bekor qilinishi "neradzurri" uchun 150 millionov evroga tushadi.
Hozirda Konte Italiya chempionatida eng ko'p maosh oladigan murabbiy hisoblanadi. Uning yillik maoshi 12 million evroga teng. Italiyalik mutaxassisning milanliklar bilan shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar tuzilgan.
«Inter» A seriya jadvalida 4-o'rinni egallab turibdi. Jamoa peshqadam «Yuventus»dan 11 ochko ortda qolmoqda. Konte o'tgan yilning may oyida «Inter» bilan shartnoma imzolagan edi.