So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
APL. «Tottenxem» derbida «Arsenal»dan ustun keldi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 274
Angliya chempionatining 35-turi doirasida Shimoliy Londonning «Tottenxem» va «Arsenal» jamoalari o'rtasidagi derbi bo'lib o'tdi.
Uchrashuvning dastlabki 20 daqiqasi xavfli vaziyatlarga boy bo'ldi. Dastlab har ikki jamoa bittadan qulay vaziyatlardan foydalana olmadi. Oradan ko'p o'tmasdan Aleksandr Lyakazett o'ta kuchli zarba bilan to'pni "shporlar" darvozasiga joylab qo'ydi.
Ushbu goldan atigi 3 daqiqa o'tib mezbonlar hisobni tenglashtirishdi. Mehmonlar himoyachilari Kolashinats va David Luizning xatosidan foydalangan Son Xyong Min chiroyli zarba bilan darvozani ishg'ol qildi.
Bahsning 31 va 32-daqiqalarida tomonlar yana bittadan xavfli vaziyatni yuzaga keltirishdi. "Tottenxem" himoyachisi Ben Devis kutilmaganda 35 metrlardan zarba yo'lladi, to'p esa to'singa tegib qaytdi. Nikolya Pepening jarima maydoni ostonasidan yo'llagan zarbasiga biroz aniqlik etishmadi. 40-daqiqada Obameyangning zarbasi ham birozgina noaniq chiqdi.
Ikkinchi bo'limda to'p nazorati "kanonirlar" tomonida bo'ldi. Uchrashuvning 60-daqiqasida Obameyang tomonidan 10 metrlardan yo'llangan zarba natijasida to'p to'singa tegib qaytdi...
Bahs tugashiga 8 daqiqa qolganida "Tottenxem" tomonidan amalga oshirilgan burchak zarbasi omadli chiqdi: Tobi Alderveyreld 7 metrlardan bosh bilan darvozani zabt etdi.
Natijada, tengkurashlar ostida kechgan o'yinda Joze Mourino jamoasi g'alabani qo'lga kiritdi. "Tottenxem" o'z ochkolarini 52taga etkazdi va "Arsenal"ni quvib o'tgancha jadvalda 8-o'ringa ko'tarilib oldi.
APL, 35-tur
Tottenxem – Arsenal 2:1 (1:1, 1:0)
Gollar: 0:1 – 16 Lyakazett, 1:1 – 19 Son Xyong Min, 2:1 – 81 Alderveyreld.
Tottenxem – Loris, Ore, Alderveyreld, Devis, Sanches, Uinks, Lo Chelso (Skipp, 84), Lukas Moura (Bergveyn, 82), Sissoko, Son Xyong Min (Lamela, 90), Keyn.
Arsenal – Martines, Belerin (Soaresh, 84), David Luiz, Mustafi, Tirni (Uillok, 84), Sebalos, Jaka, Pepe (Saka, 70), Kolashinats (Nelson, 84), Lyakazett, Obameyang.
Ogohlantirishlar: Lo Chelso (16), Ore (34), Lyakazett (45), Devis (45), Pepe (61), Uinks (76), Bergveyn (87), Saka (90).