Superliga. “Metallurg” o'z uyida “So'g'diyona”ni mag'lub etdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 268
Shzbekiston chempionatining 9-tur uchrashuvini o'z maydonida o'tkazgan “Metallurg” g'alaba nashidasini surdi. Bekobodliklar Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi darvozasiga ikkita javobsiz gol kiritdi va muhim 3 ochkoga ega bo'ldi.
Birinchi taym maydon egalarining katta ustunligi ostida o'tdi. Jizzaxliklar maydon egalarining kuchli bosimiga yigirmanchi daqiqagacha dosh berishdi. 24-daqiqaga kelganda “Metallurg”ning ukrainalik legioneri Evgeniy Chumak olisdan zarba berib, hisobni ochdi. Bu vaziyatda mehmonlar darvozabonni zarba berilishini kutmagan edi. To'p esa darvoza ustuniga tekkan holda to'rdan joy oldi – 1:0.
Ikkinchi bo'limda ham maydonda ko'rinish o'zgarmadi. “Metallurg” o'yin tizginini o'z qo'lida ushlab turdi. Ayniqsa, qanotlarning faolligi, markazda to'p nazoratini bermaslik “Metallurg”ga ustunlikni taqdim etdi.
Uchrashuvning 62-daqiqasida Zohid Abdullaev o'ng qanotda to'pni raqibdan olib qo'ydi va jarima maydoniga uzatib berdi. Shahzod Ubaydullaev himoyachini chalg'itib to'pni o'tkazib yubordi. Doniyor Narzullaev esa qiyinchiliksiz darvozani ishg'ol etdi – 2:0. Bu hisob uchrashuv oxirigacha o'zgarmay qoldi.
Superliga. 9-tur
METALLURG – SO'G'DIYoNA – 2:0 (1:0)
Gollar: Evgeniy Chumak (24), Doniyor Narzullaev (62, pas – Zohid Abdullaev)
“Metallurg”: 12. Aleksandr Lobanov, 5. Abbosjon Otaxonov, 7. Doniyor Narzullaev, 10. Shahzodbek Ubaydullaev, 15. Zohid Abdullaev, 21. Kamoliddin Tojiev, 23. Abdurahmon Abdulhaqov, 27. Ixtiyor Toshpo'latov, 28. Stanislav Andreev, 55. Akbar Ismatullaev, 88. Evgen Chumak.
Zahira: 1. Akmal Tursunboev, 4. Odilbek Abdumajidov, 8. Salamat Quttiboev, 11. Murodbek Bobojonov, 14. Abrorbek Toshqo'ziev, 20. Xudoyshukur Sattorov, 22. Shahzodbek G'ofurbekov, 43. Davron Anvarov, 77. Muhammad Isaev.
“So'g'diyona”: 1. Shirinboy Abdullaev, 2. Sardor Qulmatov, 3. Elyor Orifov, 5. Ayubxon No''monov, 7. Sanjar Rashidov (s), 11. Jasur Hasanov, 17. Ivan Nagaev, 18. Shavkat Mullajonov, 19. Javohir Qahramonov, 22. Shahboz Jo'rabekov.
Zahira: 27. Milan Mitrovich, 8. Jamshid Boltaboev, 12. San'at Shixov, 14. Daniel Nasriddinov, 20. Bahodir Nasimov, 21. Sahob Rashidov, 30. Dian Talxatov, 80. Elivelto Ribeyro Dantas, 93. Marko Kolakovich.
Manba: www.stadion.uz.