«Norvich» APLni beshinchi marta tark etgan ilk jamoa bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 447
Bugun, 11 iyul kuni «Norvich» APLning 35-turi doirasida o'z uyida «Vest Xem»ni qabul qilib, 0:4 hisobida imkoniyatni boy berdi. Natijada mavsum tugashiga 3 tur qolganida "kanareykalar"ning Premer-ligani tark etishi aniq bo'ldi.
"OptaJoe" tarqatgan xabarga ko'ra, «Norvich» APLni beshinchi marta tark etgan ilk jamoaga aylandi. Bungacha jamoa 1994/95, 2004/05, 2013/14 va 2015/16 mavsumlarda yuqori diviziondan tushib ketgan edi.
"Kristal Pelas", "Midlsbro", "Sanderlend", "Vest Bromvich" klublari o'z tarixlarida 4 martadan APLdan tushib ketishgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!