So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Xayrulla Hamidovdan anons: Ikki peshqadam jangi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 273
“Atalanta” qatorasiga sakkizta o'yinda g'alaba qozondi. Gollari soni peshqadamdan ancha ko'p. EChLdagi qur'a ham uning foydasiga hal bo'lgandek. Oxirgi turda uchinchi o'ringa ko'tarildi. Shu pog'ona bilan ham cheklanmoqchimas.
“Yuventus” – peshqadam. Lekin muxlislarini hozirgi natijalaridan rozi qilolmaydi. Mutlaqo. Bir mavsum davomida Turin klubi superkubokni boy berdi, kubok finalida yutqazdi, EChLda ochilib turgan taqdiri, “Latsio”ni ligada enga olmadi, oxirga kelib “Milan”ga dahshatli kambek ulashdi. Indzagi va Konte yigitlarining parishonligi hisobiga hamon etti ochkolik farq bilan oldinda bormoqda.
Birinchi davrada ham “Yuve”ga qarshi “Atalanta” ajoyib harakat qilgan, penaltidan gol ura olmagani va uchrashuv oxiridagi xotirjamligi evaziga Sarri jamoasidan uchta gol qo'yib yuborgan edi. Aytmoqchimanki, o'sha bahs o'chi ham turibdi.
Bugun Italiya A seriyasining turnir jadvalidagi peshqadami va hujumlar, gollar, vaziyatlar bo'yicha peshqadami o'rtasida boltachopqi o'yin bo'lib o'tadi. Bu paytda Italiya futboli muxlislari boshqa ishni chetga surib turishlari zarur.
Zotan, borgan sari chempionlik intrigasi tugab borayotgan chempionatga “Atalanta” o'zining serviqor o'yini bilan yana shiddat ulashmoqda.
“Yuventus” uch kun oldingi alamli o'yinning xatosini to'g'rilash uchun ham ko'zi qonga to'lib tushsa kerak.
00:45da “Futbol tv” kanalida! Xizmatingizda – kamina...
Xayrulla Hamidov.