APLda iyun oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 550
«Vulverhempton» ustozi Nunu Eshpiritu Santu Angliya Premer Ligasining iyun oyidagi eng yaxshi murabbiyi nomiga loyiq ko'rildi.
Iyun oyida portugaliyalik mutaxassis qo'l ostidagi jamoa besh o'yinda to'rt g'alaba va bitta durang qayd etdi. «Vulverhempton» o'yinlarning uchtasida o'z darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi va jami ettita gol urishga erishdi.
Iyun oyining eng yaxshi murabbiyi nomiga quyidagi mutaxassislar ham da'vogarlik qilgandi:
Stiv Bryus («Nyukasl») — 3 o'yinda 2 g'alaba;
Frenk Lempard («Chelsi») — 3 o'yinda 3 g'alaba;
Ole-Gunnar Sulsher («Manchester Yunayted») — 5 o'yinda 3 g'alaba.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!