Manba: «Manchester Siti» Chempionlar ligasidan chetlatilmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 360
Sport arbitraj sudi «Manchester Siti»ning apellyatsiyasini qanoatlantirishi kutilmoqda.
Jurnalist Ian Chizmen tarqatgan xabarga ko'ra, CAS UEFA tomonidan chiqarilgan "Man Siti"ni evrokuboklardan chetlatish haqidagi qarorini bekor qiladi.
Eslatib o'tamiz, «Man Siti» moliyaviy halol o'yin qoidasini buzgani uchun UEFA fevral oyida klubni ikki yilga evrokuboklardan chetlatish va 30 million evro miqdorida jarimaga tortish haqida qaror qabul qilgan edi.
Sud 8-10 iyun kunlari «shaharliklar»ning arizasini ko'rib chiqdi. Yakuniy qaror esa 13 iyul, dushanba kuni e'lon qilinadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!