«Manchester Yunayted» penalti tepish bo'yicha APL rekordini takrorladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 289
50«Manchester Yunayted» Angliya chempionatining 34-turida «Aston Villa» maydoniga safar qilib, 3:0 hisobida g'alaba qozondi.
Uchrashuvning 27-daqiqasida «qizil iblislar» yarim himoyachisi Brunu Fernandesh 11 metrlik penalti zarbasini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi.
«Manchester Yunayted» uchun bu Angliya Premer Ligasining joriy mavsumidagi 13-penalti bo'ldi. Shu tariqa Manchester klubi ushbu ko'rsatkich bo'yicha musobaqa rekordini takrorladi. Bundan oldin xuddi shunday natijani 2015/16 yilgi mavsumda «Lester» qayd etgandi. «Lester»gacha esa 2004/05 yilgi mavsumda «Kristal Pelas» ham 13 marta penaltidan foydalangan.
Umumiy olganda, Ole-Gunnar Sulsher boshchiligidagi jamoa 2019/20 yilgi mavsumda barcha turnirlarda 18 marotaba penalti tepgan.
«Manchester Yunayted» 34-turdan keyin 58 ochko bilan 5-o'rinda bormoqda. Navbatdagi turda jamoa o'z maydonida «Sauthempton»ni qabul qiladi.