De Xea «MYu» rekordchisiga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 367
«Manchester Yunayted» darvozaboni David De Xea Angliya chempionatining 34-turidan o'rin olgan «Aston Villa»ga qarshi uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi.
Mazkur o'yin ispaniyalik darvozabon uchun «MYu» safida barcha musobaqalar doirasidagi 399-bahs bo'ldi. Bu ko'rsatkich bo'yicha posbon mankunianliklar safida o'ynagan xorijlik futbolchilar orasida eng yaxshi natijaga ega bo'ldi. U daniyalik Peter Shmeyxelning natijasini yangiladi.
De Xea, shuningdek, «MYu» tarixidagi darvozabonlar o'tkazgan o'yinlar soni bo'yicha 2-o'ringa ko'tarilib oldi. U faqat Aleks Stepnidan (539ta uchrashuv) ortda qolmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!