UEFAning barcha musobaqalari tomoshabinlarsiz o'tkaziladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 605
Evropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi Ijroqo'mi tashkilot tasaffuri ostida barcha musobaqalar, maxsus ko'rsatma berilmagunga qadar, tomoshabinlarsiz o'tkazilishi borasida qaror qabul qildi.
UEFA rasmiy sayti xabar tarqatishicha, milliy assotsiatsiyalar, Portugaliya, Germaniya va Ispaniya hukumati bilan maslahatlashilganidan keyin shunday qaror qabul qilingan. Ushbu qaror Evropa chempionlar ligasi, Evropa ligasi, ayollar o'rtasidagi Chempionlar ligasi, o'smirlar o'rtasidagi Chempionlar ligasining qolgan qismi uchun qo'llaniladi.
«UEFA voqealar rivojini diqqat bilan kuzatadi hamda vaqti kelib cheklovlarni qisman yoki to'liq bekor qilish borasida maslahatlar o'tkazadi», — deyiladi bayonotda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!