Sulsher: «Matich «Manchester Yunayted»da qolganidan xursandman»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 240
Norvegiyalik mutaxassis tajribali yarim himoyachini o'z safida saqlab qolganidan xursand.
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher yarim himoyachi Nemanya Matich bilan shartnomani uzaytirish haqida fikr bildirib o'tdi.
"Nemanya klubda qolishni istayotganidan xursandman. Yillar davomida Matich o'zining tajribasini hisobga olgan holda, u biz uchun qanchalik muhimligini ko'rsatdi. Shunday ekan, men bunga erishganimizdan juda xursandman", - dedi Sulsher "Manchester Yunayted"ning rasmiy saytida.
Eslatib o'tamiz, serb futbolchisi 2023-yilgacha "qizil iblislar" safida to'p suradi.
Manba: manutd.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!