RPL. «Ufa» safarda «Rostov» ustidan irodali g'alabaga erishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 298
Rossiya chempionatining 27-turi doirasida «Rostov» o'z uyida «Ufa» klubini qabul qilib, imkoniyatni boy berib qo'ydi.
Vaholanki, mezbonlar 27-daqiqada Xajikadunichning goli evaziga hisobni ochishga muvaffaq bo'lgan edi.
Ikkinchi bo'limning 62-daqiqasida esa mehmonlar ustozi Vadim Evseev birdaniga 3 nafar yangi o'yinchini, jumladan, Oston O'runovni ham maydonga tushirdi. Natijada "Ufa"ning o'yini kuchaydi va bu tezda o'z samarasini berdi. Boshqirdistonliklar ikkita bir xil hujum tashkil qilib, ikkita gol urishga muvaffaq bo'lishdi.
O'ng qanotdan etkazilgan jarima maydoniga etkazilgan to'p uchun kurashda dastlab Bayramyan kech qoldi. Hakam videotakrorni ko'rgach penalti belgiladi. Fomin 11 metrli jarima zarbasidan hisobni tenglashtirdi. Oradan atigi 7 daqiqa o'tib navbatdagi hujum paytida "Rostov" markaziy himoyachisi to'pni tepib yuborishga ulgurmadi. Krotov esa yaqin masofadan darvozani ishg'ol qildi.
Mezbonlar hujumchisi Eldor Shomurodov 83-daqiqada zaxiraga olindi. "Rostov" esa o'z uyida imkoniyatni boy berdi.
Natijada Karpin jamoasi 43 ochko bilan 5-o'rinni egallab turgan bo'lsa, "Ufa" o'z ochkolarini 36taga etkazib, 7-o'rindagi "Spartak"dan 3 ochkoga ilgarilab ketdi.
Rossiya premer-ligasi, 27-tur
Spartak – Lokomotiv 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 1:0 – 38 Ponse, 1:1 – 42, penalti Miranchuk.
Spartak – Maksimenko, Rasskazov (Eshenko, 90), Gaponov, Jikiya, Ayrton, Kral, Umyarov, Bakaev (Sobolev, 78), Maslov, Ponse (Mirzov, 90), Larsson.
Lokomotiv – Kochenkov, Riibus, Serkeyra, Magkeev, Ignatev, Miranchuk, Joau Mariu, Miranchuk (Riibchinskiy, 88), Kulikov (Jemaletdinov, 46), Chorluka, Eder.
Ogohlantirishlar: Riibus (3), Kulikov (8), Ponse (13), Magkeev (27), Bakaev (45), Djikiya (90).
Rostov – Ufa 1:2 (1:0, 0:2)
Gollar: 1:0 – 27 Xadjikadunich, 1:1 – 68, penalti Fomin, 1:2 – 75 Krotov.
Rostov – Pesyakov, Osipenko, Chernov, Xajikadunich, Bayramyan (Logashov, 67), Popov (Glebov, 67), Mamaev, Zaynutdinov (Saplinov, 76), Normann, Ionov, Shomurodov (Proshlyakov, 83).
Ufa – Belenov, Krugovoy, Tabidze, Suxov (O'runov, 63), Nikitin, Fomin, Golubev, Giorgobiani (Krotov, 62), Aliev, Alikin, Agalarov (Kozlov, 62).
Ogohlantirishlar: Popov (45), Tabidze (61), Bayramyan (67), Glebov (83), Aliev (85), Normann (86), Proshlyakov (89), Logashov (90).