«Dinamo»: Ikkita avtogol, so'nggi soniyalardagi xato va alamli mag'lubiyat...
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 232
Pro liga 2-turi doirasida «Dinamo» Samarqandda «Istiqlol» bilan o'yinda alamli mag'lubiyatga uchradi.
30-daqiqada Amirjon Safarov burchakdan uzatilgan to'pni o'z darvozasiga to'g'irlab qo'ygan bo'lsa, 90+1-daqiqaga kelib Avaz Agaliev kuchli zarbasi bilan hisobni tenglashtirdi.
Biroq, oradan bir daqiqa o'tar-o'tmas, Agaliev va darvozabon Raimovning oddiy vaziyatdagi o'zaro tushunmovchiligi alamli gol bilan yakunlandi. Avaz to'pni Raimovga uzatdi, yosh darvozabon esa kutilmaganda to'pni to'xtata olmay, avtogolga sababchi bo'ldi – 1:2. «Dinamo» mavsumni ketma-ket ikki mag'lubiyat bilan boshladi.
Pro liga. 2-tur.
8 iyul (chorshanba)
«Dinamo» - «Istiqlol» - 1:2
Hakamlar: Ravshan Abduvohidov, Mahmud Turdiev, Feruz Dostonov
Gollar: Avaz Agaliev 90+1 - Amirjon Safarov 30 (o'z dar.), Avaz Agaliev 90+2 (o'z darvozasiga)
«Dinamo»: 22.Shohruh Raimov, 5.Avaz Agaliev, 6.Bobur Qosimov (17.Sharofiddin Shobirov, 46), 7.Jasur Azimov, 9.Nizomjon Norov, 10.Amirjon Safarov (4.Hakimxon A'lamxonov, 66), 21.Muhammadqodir Hamraliev (39.Akmal Qozimov, 46), 24.Jasur O'rinov, 26.Komil Sharofutdinov, 27.Azamat Allaniyozov (34.Shohrux Abdurahmonov, 46), 44.Bunyod Isroilov (20.Shahboz Nuriddinov, 65).
«Istiqlol»: 12.Nodir Ashurmatov, 2.Ahrorbek O'ktamov, 6.Abbosbek Maxstaliev, 7.Umidjon Qodirov, 9.Muhammadjon Sultonov, 14.Rustam Abduxamidov (29.Sanjar Baratov, 85), 15.Ulug'bek Xudoyberdiev, 17.Temur Mamatmurodov, 20.Rahmatullo O'ktamov (27.Robbimjon Hasanov, 65), 21.Elyor Mamasoliev, 22.Umar Adhamzoda.
Manba: fcdinamo.uz