Belgiya klubi Shomurodovning transferi bo'yicha «Rostov»ga rasmiy taklif yubordi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 282
Belgiyaning «Gent» klubi «Rostov» hujumchisi Eldor Shomurodov qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Sport24 xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, belgiyaliklar bugun ertalab o'zbekistonlik futbolchining transferi borasida rasmiy so'rov yuborishgan. Ma'lumot o'rnida: "Gent" Belgiya chempionatining yakunlangan mavsumida 2-o'rinni egallagan.
Avvalroq ProSportsManagement kompaniyasi rahbari German Tkachenko 25 yoshli futbolchiga Germaniyaning bir nechta klublari qiziqish bildirayotgani haqida ma'lumot bergan edi.
«Rostov» 2017 yilda Shomurodovni «Bunyodkor»dan 300 ming evroga sotib olgan edi. Eldor ushbu mavsumda 25ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol urdi va 8ta golga uzatma berdi. Uning rostovliklar bilan shartnomasi 2024 yilga qadar tuzilgan.