Rasmiy xabar: Jasur Yaxshiboev jamoasini o'zgartirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 236
Belarusning "Energetik-BGU" jamoasida harakat qilayotgan o'zbekistonlik hujumchi Jasur Yaxshiboev jamoani tark etdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatdi.
O'zbekistonlik hujumchi Yaxshiboev mavsumning ikkinchi qismini Soligorskning “Shaxtyor” jamoasida davom ettiradi.
Eslatib o'tamiz, "Energetik" Jasurni mavsum avvalida "Paxtakor"dan ijaraga olgan edi. Endi "talabalar" futbolchini mavsum so'nggiga qadar "Shaxtyor"ga subijaraga berishdi.
Ma'lumot uchun, "Shaxtyor" klubi Belarus chempionatining 16 turidan keyin 30 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!