Deniel Starrij Frantsiya chempionatiga yo'l olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 389
Hujumchi Deniel Starrij faoliyatini Liga 1 da davom ettirishi mumkin deb xabar beradi L'Equipe nashri.
Manbaning xabariga ko'ra, 30 yoshli futbolchi 2020/21-yilgi mavsumda "A" Seriyada ishtirok etadigan "Benevento" jamoasidan taklif oldi, ammo uni rad etdi.
Xabar qilinishicha, hujumchi Frantsiya chempionati va MLS variantlarini ko'rib chiqmoqda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq futbolchining amakisi va agenti Din Starrij "Marsel" bilan muzokara olib borgan edi.
Manba: L'EquipeFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!