Jasur Yaxshiboev qaysi jamoaga o'tishi ma'lum
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 409
Belarusning "Energetik-BGU" jamoasida harakat qilayotgan o'zbekistonlik hujumchi Jasur Yaxshiboev faoliyatini Soligorskning “Shaxtyor” jamoasida davom ettiradi. Bu haqda pressball.by nashri xabar tarqatmoqda.
“Shaxtyor” Toshkentning “Paxtakor” klubidan o'zbek legionerining transfer huquqini to'liq xarid qilgani yoki o'yinchini ijaraga olgani haqida ma'lumot berilmagan.
Eslatib o'tamiz, avvalroq “Energetik-BGU” rahbariyati hozircha jamoani faqat Devid Tve tark etganini ma'lum qilgandi. Jasur Yaxshiboev haqida hali rasmiy xabarlar tasdiqlanmadi.
Ma'lumot uchun, Jasurga mamlakatning yana bir nomdor jamoasi BATE ham qiziqish bildirayotgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!