So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Neymarning otasi: "O'g'lim o'zini follardan asraydi. Noma'qul ekspertlardan charchadim"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3988
"PSJ" hujumchisi Neymarning otasi o'z o'g'liga qo'pol o'ynaydiganlar va uni simulyatsiyada ayblaydigan matbuot haqida fikr bildirdi.
"JCh-2014. Bema'ni bag'ritoshlik. Biz duo qildik va o'g'limning omdi kelib, nogiron bo'lib qolmaganini tushundik. Xudoga shukur, bunday bo'lmadi.
JCh-2018. O'yin to'xtatilgan vaqtda o'g'limning tovoniga zarar etkazdilar. Hech narsa bo'lmadi deyishdi, simulyatsiya deb atashdi. Hakamda VAR bor edi, butun dunyo ko'rdi, ammo Neymarni ayblashdi.
Frantsiya kubogi-2019. Qatorasiga to'rtta fol, shundan so'ng o'g'limni safdan chiqarishdi.
Agar Neymar o'zini foldan himoya qilsa, bu simulyatsiya emish. Xudoyim.
Men ko'p yillar davomida o'g'limning barcha o'yinlariga borganman. U bolaligida hammadan engil va chaqqon di va unga bitta maslahat berganman: Ular bilan hech qachon kurashma. Sen engilasan - bu fizika qonuni. Agar vaziyatda g'olib chiqishni istasang, chaqqonroq bo'l. To'qnashishdan qocha olmasang, bu havoda sodir bo'lsin. Shox havoda sinmaydi, erda esa sinadi.
Qoidalarda 2014 yilda o'g'lim olgan zarbadan saqlanish borasida maslahat yo'q, ammo hakamlar buni qilishlari kerak.
Bu otaning yig'isi emas, bu shunchaki futbol tizimidan, OAVdan, ba'zi noma'qul ekspertlardan charchaganim belgisi.
O'g'lim hozir ham o'rnidan turadi va olg'a intiladi, yanada kuchliroq bo'ladi", - deydi Neymar da Silva.