UzBarca.Com - Barcelona Uzbekistan!
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
So'ngi transfer yangiliklar
Messi Realga o'tmoqchi !!!
AslFUTBOL.NET - Asl Futbol muxlislar sayti
Futbolga aloqador shaxslar maxsus inspektsiya tomonidan nazorat qilinadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1854
O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi mamlakat futboli rivojiga to'sqinlik qilayotgan, qonunda, reglamentlarda belgilab qo'yilgan bandlarga rioya etmay, noqonuniy ishlarga qo'l urayotgan shaxslarga qarshi kurashni davom ettiradi. Tashkilotning bu kabi ishlari maxsus inspektsiya tomonidan nazorat qilinadi. Futbol rivojiga to'sqinlik qiladigan ta'magirlik, korruptsiya, porxo'rlik, kelishilgan o'yinlar, totalizatorlar masalasi va boshqa shu kabi illatlarga qarshi kurash ayovsiz bo'ladi. Tashkilot o'tgan yildagidan farqi o'laroq endi faqatgina o'z inspektsiyasi bilan cheklanib qolmay, bu kabi kirdikorlarga qarshi kurashuvchi davlat muassasalari bilan ham hamkorlikni yo'lga qo'yadi. Ya'ni, futbol rivojiga to'sqinlik qilayotgan shaxslarga, guruhlarga qarshi kurash yuzasidan O'FA mamlakat Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura yordamiga tayanishga harakat qiladi. Maxsus inspektsiya murabbiylar, hakamlar, futbolchilar, futbol sohasidagi mansabdor shaxslarning qonunga zid ishlarini nazorat qilib boradi. Shuningdek, O'FA yoki PFLda faoliyat ko'rsatayotgan bo'lsa-da, o'zi qonunlarga zid ish ko'rayotganlar ham jazodan chetda qolmaydi. Hukumatimiz mamlakat futbolini oyoqqa turg'azish yo'lida katta hajmdagi ishlarni amalga oshirmoqda. Buning samarasi o'laroq, futbolchilar, murabbiylar qolgan soha vakillariga nisbatan anchagina katta daromad qiladi. Bu butun dunyoda mavjud holat. Murabbiylar ham, futbolchilar ham o'z mehnatlariga yarasha haq olishlari kerak. Biroq ular o'zlari halol ishlab topayotgan pulga qanoat qilmay, boshqa yo'llardan ham daromad qilishga, buning oqibatida mamlakat futbolini bulg'ashga urinishsa, nafaqat o'z kasblaridan quruq qolishadi, balki qonun oldida ham javob berishadi. Barcha futbol klublari rahbarlari bu haqda o'z ishchilarini rasman ogohlantirishlari shart.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!