VIDEO. Rossiyada 16 yoshli darvozabonni chaqmoq urdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 901
Internetda Rossiyaning Orexovo-Zuev shahridagi “Torpedo” stadionida futbolchini chaqmoq urgan lahza tasvirga olingan video paydo bo'ldi. Voqea oqibatida 16 yoshli darvozabon kasalxonaga yotqizilgan. Ayni damda darvozabon komada. Video mahalliy “Aist” telekanalida namoyish etildi.
Ma'lumotlarga ko'ra, fojia mashg'ulotlar paytida yuz bergan. Osmon tiniq bo'lgan, biroq birdan momaqaldiroq gumburlab, ushbu fojia yuz bergan. Voqeadan keyin murabbiy yordam bergani darvozabon tomon yuguradi. Unga yurak massaji va sun'iy nafas beradi.
Futbolchi Ivan Z “Mehnat bayrog'i” jamoasining darvozaboni edi. Klub bosh direktori Igor Mayorovning so'zlariga ko'ra, u qattiq kuyish olgan. Ivan.Z.ni vertolyot yordamida zudlik bilan Lyuberts shahridagi shifoxonaga etkazishgan.
View this post on Instagram⚡️ Rossiyada 16 yoshli «Znamya Truda» klubining darvozabonini chaqmoq urdi.
A post shared by Stadion.Uz (@stadionuz) on Jul 6, 2020 at 4:40am PDT