Gvardiola: "Yangi futbolchilar kerak emas"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 367
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Sautgempton"dan uchralgan mag'lubiyatga izoh berdi.
"Yo'q, bizga yangi futbolchilar kerak emas. O'ylashimcha biz yaxshi o'ynayapmiz va oxirigacha ko'rashyapmiz. Biz jarima maydonida 10ta futbolchisi bor "Sautgempton"ga qarshi o'ynadik. Biz chindan ham yaxshi o'ynadik.
Biz o'yinni qayta ko'rib chiqamiz. Vaziyatlarni hisoblasak, yaxshiroq natijaga loyiq edik. Ammo qanday qilib bundan ko'p vaziyat yaratish mumkin?!
Menga ko'rsatgan o'yinimiz yoqdi, biroq g'alaba uchun bu kamlik qiladi. Futbolchilarga e'tirozim yo'q", -deydi Gvardiola.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!