Manjukich erkin agentga aylandi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 407
Xorvatiyalik hujumchi Mario Manjukich "Al-Duhail" bilan shartnomani bekor qildi, deb xabar qilmoqda jamoa rasmiy sayti.
Tomonlar o'zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qilish orqali hamkorlikni tugatishga qaror qilishdi. Ushbu qarorning sabablari haqida xabar berilmagan.
Eslatib o'tamiz, Manjukich "Al-Duhail"ga 2019-yilning dekabr oyida erkin agent sifatida ko'chib o'tgan edi. O'sha paytdan boshlab futbolchi Qatar klubi safida 7 ta uchrashuv o'tkazib, 1 ta gollik uzatmani amalga oshirgan.
Manba: www.duhailsc.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!