Xavi «As-Sadd» bilan shartnomani uzaytirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 211
«As-Sadd» bosh murabbiyi Xavi jamoa bilan shartnomani uzaytirdi. Yangi kelishuvga ko'ra, ispaniyalik mutaxassis 2020/21 yilgi mavsum oxiriga qadar Qatar chempionatida qoladi.
«Bundan keyin ham «As-Sadd»ni boshqarishda davom etishimdan xursandman. Jamoaning maqsadi barcha sovrinlar uchun kurashishdan iborat», – dedi Xavi.
Eslatib o'tamiz, Xavi o'tgan yilning yozida «As-Sadd»ni qabul qilib olgan edi. Avvalroq u «Barselona»ni boshqarishga rozi bo'lgani haqida xabar tarqatilgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!