Gvardiola: "Manchester Siti" EChLda qatnashishiga ishonaman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 266
«Manchester Siti» ustozi Xosep Gvardiola Sport arbitraj sudi (CAS) UEFAning qarorini bekor qilishiga ishonmoqda.
VXabaringiz bor, fevralda "Siti" moliyaviy feyr-pley qoidasini buzgan deb topilgandi va ikki yilga evrokuboklarda qatnashish huquqidan mahrum qilingandi. Klub esa Sport arbitraj sudiga apellyatsiya berdi. Yakuniy qaror 13 iyulda chiqariladi.
«Biz tayyormiz va Chempionlar ligasida o'ynashimizga ishonamiz. Yaqin yillarda yana ushbu turnirda kurash olib borishni istaymiz.
Hal qiluvchi qaror 13 iyulda chiqariladi. O'ylaymanki, qaror bizning foydamizga bo'ladi va klub vakillari va futbolchilari "Siti"da rivojlanishda davom etishadi", – dedi Gvardiola.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!