Villiam Karvalo APLga yo'l olishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 360
"Vulverxempton" "Betis" yarimhimoyachisi Villiam Karvaloga qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi Goal.com.
Manbaning xabariga ko'ra, ingliz klubi 28 yoshli portugaliyalik futbolchi uchun taklif bilan chiqishga tayyor.
Xabar qilinishicha, "Lester" ham futbolchiga qiziqish bildirmoqda.
Transfermarkt.com portali futbolchining narxini 16 million evroga baholamoqda.
Ma'lumot uchun, 2019/20 yilgi mavsumda Karvalo "Betis" safida 11 ta o'yin o'tkazdi.
Manba: Goal.comFikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!