APL. «Chelsi» «Uotford»ga imkoniyat qoldirmadi (videosharh)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 271
Angliya chempionatining 33-turi doirasida «Chelsi» kecha oqshom «Uotford»ni qabul qilib, yirik hisobda g'alaba qozondi.
Bahsning 28-daqiqasida Olive Jiruning zarbasidan keyin ustunga tegib, to'rga borib tushdi. Birinchi bo'lim tugash arafasida mehmonlar darvozasi tomon penalti belgilandi hamda Villian hisobdagi farqni oshirdi.
Ikkinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqalarda Ross Barkli hisobni yirik ko'rinishga keltirib qo'ydi.
Ushbu g'alabadan so'ng «Chelsi» ochkolarini 57 taga etkazib oldi va to'rtinchi o'ringa qaytdi. «Uotford» (28) esa 17-pog'onada qoldi.
Angliya chempionati, 33-tur
«Chelsi» — «Uotford» 3:0
Gollar: 1:0 – 28 Jiru, 2:0 – 43, penalti Villian, 3:0 – 90+2 Barkli.
«Chelsi»: Arrisabalaga, Aspilikueta, Kristensen, Jeyms, Zuma, Kante (Gilmor, 78), Barkli, Pulishich, Maunt (Hadson-Odoi, 76), Villian (Loftus-Chik, 76), Jiru (Abraham, 76).
«Uotford»: Foster, Kabasele, Femeniya (Mazina, 64), Mariappa, Douson, Chaloba, Dukure, Xyuz, Kapu (Uelbek, 58), Sarr (Pereyra, 83), Dini (Kleverli, 64).
Ogohlantirishlar: Kapu (21), Mariappa (49).