Levandovski ushbu mavsumda «Bavariya» safida 51ta gol urdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 371
«Bavariya» hujumchisi Robert Levandovski joriy mavsumda ajoyib samaradorlik namoyish etmoqda.
Polshalik futbolchi Germaniya kubogi final bahsida «Bayer» darvozasiga ikkita gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Shu tariqa, Levandovskining «Bavariya» safida ushbu mavsumdagi gollari soni 51taga etdi. U Bundesliga doirasida 34, Chempionlar ligasida 11ta va Germaniya kubogida 6ta gol urdi.
Ma'lumot o'rnida. Robert Levandovski "Oltin butsa" va "Oltin to'p" da'vogarlari reytingida peshqadamlik qilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!