Toni Fergyuson Habibga hamdardlik bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 616
Amerikalik UFC jangchisi Toni Fergyuson Habib Nurmagomedovga otasining vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
«Sen va oilangga samimiy hamdardlik bildiraman. Habib, ruhiyatingni tushirma, og'ayni. Otang Abdulmanap Nurmagomedovga hurmatimni izhor etaman. Biz yana raqobatlashsak, u birinchi qatorda bo'ladi deb umid qilaman», — deb yozadi Fergyuson o'zining Twitter’dagi sahifasida.
Abdulmanap Nurmagomedov 3 iyul, juma kuni 57 yoshida vafot etdi. U Dog'istonning Qizilyurt tumanidagi ona qishlog'i — Kirovaulga dafn etildi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!