Azar «Atletik»ga qarshi o'yinda ishtirok etmaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 465
43«Real» yarim himoyachisi Eden Azar Ispaniya chempionatining 34-turi doirasida bo'lib o'tadigan «Atletik»ga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin.
"As" tarqatgan xabarga ko'ra, belgiyalik futbolchi "Qirollik klubi"ning kechagi mashg'ulotida ishtirok etmagan. U trenajyor zalida alohida shug'ullangan. Azarni operatsiya qilingan tizzasi biroz bezovta qilayotgani bois, Zidan ehtiyot yuzasidan unga yana bir o'yinda dam berishga qaror qildi. Yarim himoyachi avvalgi turda bo'lib o'tgan "Xetafe"ga qarshi bahsda ham ishtirok etmagan edi.
Shuningdek, "Atletik Bilbao"ga qarshi o'yinda Rafael Varan va Nacho Fernandes ham ishtirok etishmaydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!