Buyuk Britaniya "jinoyatchi Gvardiola"ni qidirmoqda (FOTO)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 738
Buyuk Britaniya politsiyasi "Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiolaga o'xshash kishini qidirmoqda. Bu haqda The Sun xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, huquq-tartibot idoralari Angliya shimolida sodir etilgan qator jinoyatlarda ayblanayotgan noma'lum shaxsni qidirmoqda. Ta'kidlanishicha, bu insonning futbolga aloqasi yo'q.
Erkakning fotosurati lankashir politsiyasining matbuot xizmati tvitterida chop etildi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari esa qonunbuzarning Gvardiolaga o'xshashini aniqladilar.
"Gap shundaki, u Pepga o'xshaydi", "Gvardiola chempionlikdan ayrilganidan keyin o'zgardi", "Gumonlanuvchi "Etihad" stadionida "Manchester Siti" va "Liverpul" uchrashuvini kuzatgan", — deb yozdi foydalanuvchilar.
Manba: isport.uaXo'sh, sizningcha, bu odam rostdan ham Pepga o'xshaydimi? Fikringizni kutib qolamiz.