Balotelliga kutilmagan nomzod paydo bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 369
Italiyaning «Breshia» klubi hujumchisi Mario Balotelli rahbariyati bilan nizolarni davom ettirmoqda. Shu yilning yozida uning shartnomasi yakunlanadi. Balotelli erkin agentga aylanadi va «Breshia» V Seriyaga tushib ketishi ma'lum bo'lib bormoqda.
Taxminlarga ko'ra, Balotelliga Argentina klubidan taklif tushmoqda. 30 yoshli hujumchini Argentinaning «Boka Xuniors» klubi o'z safiga chorlamoqda. Ushbu klub bilan futbolchining agenti Mino Rayola yaxshi munosabat o'rnatdi.
Mario joriy mavsum 12 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 5 ta gol kiritdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!